Daniyada Qur’on yoqqan shaxslar qamoqqa olinadi
Daniya parlamenti «e’tirof etilgan dindorlar jamoasi uchun katta diniy ahamiyatga ega bo‘lgan matnlarga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishni», shu jumladan Qur’onni yoqishni taqiqlash uchun ovoz berdi.
Jumladan, 94 nafar deputat qonun loyihasini qo‘llab ovoz bergan bo‘lsa, 77 nafari taqiqga qarshi ovoz bergan.
Ta’kidlanishicha, yangilik yetti kundan keyin kuchga kiradi. Qonun muhim diniy matnlarga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishni jinoyat deb hisoblaydi, qoidabuzarliklar ikki yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi.
O‘z navbatida, Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson mamlakat rasmiylari Daniyadan keyin diniy kitoblarni yoqishni taqiqlashni rejalashtirmayotganini, chunki buning uchun qirollik konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish zarurligini aytgan edi.
Shu bilan birga, u Daniya qaroriga katta hurmat bilan qarashini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yil boshida daniyalik ekstremist Shvetsiyada Qur’onni yoqib yuborgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter