Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

Eronning IRIB davlat telekanali Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot qo‘nish vaqtida halokatga uchraganini aytmoqda.

Associated Press nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat yetakchisi Sharqiy Ozarbayjonga safarda bo‘lgan. Davlat telekanali vertolyot halokati Ozarbayjon chegarasiga yaqin hududdagi Julfa  shahri yaqinida sodir bo‘lganini, ayni paytda qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib borishga urinayotganini ma’lum qildi.

Vertolyotda Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Oyatulloh al-Hoshem va Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyan ham bo‘lgan.

Halokatga quyuq tuman sabab bo‘lgani haqida taxminlar aytilyapti. Hozircha hukumat rasmiylari tomonidan hodisaga izoh berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Ibrohim Raisiy bugun chegara hududida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring