Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya o‘yinda yutqazdi, ammo Eriksen hayoti uchun kurashda g‘alaba qozondi

Daniya o‘yinda yutqazdi, ammo Eriksen hayoti uchun kurashda g‘alaba qozondi

Yevro-2020 musobaqasining ikkinchi kunida noxush hodisa ro‘y bergani haqida xabar bergan edik.

V guruhining Daniya – Finlandiya o‘yini birinchi taymi oxirlarida Kristian Eriksen kutilmaganda xushidan ketdi. Shifokorlar bir necha daqiqa uning hayoti uchun kurashishdi va futbolchining hayoti saqlab qolindi.

Ushbu qo‘rqinchli voqea sabab o‘yin noma’lum vaqtga to‘xtatib qo‘yildi. Bu vaqtda hamma Daniya terma jamoasi yarim himoyachisining sog‘lig‘i haqida o‘ylayotgan edi. Futbolchining maydonga tushib kelgan rafiqasini terma jamoa futbolchilari tinchlantirishga harakat qilishardi.

Bu vaqtda Eriksen shifoxonaga olib ketildi. Ma’lum qilinishicha, futbolchi mustaqil nafas ola va gapira boshlagan. Aynan uning xohishi va Daniya terma jamoasi futbolchilarining roziligi bilan o‘yin davom ettiriladigan bo‘ldi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Finlandiya hisobni ochdi. Bu hisob bahs yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.

Noxush hodisadan o‘ziga kelishga ulgurmagan daniyaliklar o‘yinda yutqazdi, ammo Eriksen hayoti uchun kurashda ular shak-shubhasiz g‘alaba qozonishdi.

Yevro-2020. V guruhi. 1-tur

Daniya — Finlyandiya 0:1

12 iyun, «Parken Stedium»

Gol: Poxyanpalo (60).

Amalga oshirilmagan penalti: Hyoyberg (74).

Daniya – Shmeyxel, Kristensen, Ker (Vestergor, 63), Mele, Vass (Larsen, 75), Hyoyberg, Dileyni (Kornelius, 76), Eriksen (Yensen, 43), Vind (Olsen, 63), Poulsen, Breytueyt.

Finlyandiya – Gradetski, Uronen, O`Shonessi, Raytala (Vaysanen, 90), Arayuuri, Lud, Kamara, Sparv (Shyuller, 76), Toyvio, Poxyanpalo (Forss, 84), Pukki (Kauko, 76).

Ogohlantirishlar: Lud (4), Sparv (51).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring