Zoyir Mirzayev nomzodi bir ovozdan ma’qullandi
Bugun, 13-yanvar kuni xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari viloyat Kengashi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan 24-Denov saylov okrugidan deputat Mirzayev Zoyir Toirovichning nomzodini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, Zoyir Mirzayev o‘tgan yilning oktyabr oyida Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter