«Yuridicheskiy»ga kiritib qo‘yishni 30 ming AQSh dollariga baholagan ayol niyatiga yetolmadi
12-iyul kuni IIV huzuridagi Tergov departamentidan kelib tushgan hujjatlar to‘plami ko‘ra, 25-iyun kuni Yunusobod tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 54 yoshli X.A. ismli ayol 44 yoshli M.G. ismli ayolning o‘g‘lini Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan. Hizmat haqqiga 30 000 AQSh dollari talab qilgan. Natijada kelishilgan pulning hammasini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Bu haqda IIV Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter