Yurak faoliyatini yaxshilovchi mevalar ma’lum qilindi
Guarda (Portugaliya) politexnika instituti olimlari gilos va boshqa rezavor mevalarni iste’mol qilish qon tomirlari devorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va antioksidant xususiyatlari tufayli yurak xastaliklari xavfini kamaytirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Nutrients jurnalida chop etildi.
Portugaliyalik olimlarning tadqiqoti yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfiga ovqatlanishning ta’siri bo‘yicha oldingi ilmiy ishlar natijalariga asoslangan. Yangi ilmiy sharhda olimlar gilos va boshqa mevalaridagi bioaktiv moddalarning xususiyatlarini o‘rganishga e’tibor qaratdilar. Bularga kversetin, flavonoidlar (o‘simlik pigmentlari), resveratrol, ferulik, kofein va gallik kislotalar kiradi.
Ilmiy tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, bu birikmalar oksidlovchi stressni (hujayra shikastlanishining maxsus shakli) oldini oladi va organizmdagi yallig‘lanish faolligiga qarshi turadi. Shuningdek, ular qon tomirlarining kengayishiga yordam beradi, ularning devorlarini bo‘shashtiradi va qon shakar darajasini pasaytiradi, shu bilan yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Gilos, malina kabi mevalarni iste’mol qilish yallig‘lanishning oldini olib, qon bosimini normallashtiradi. Bundan tashqari, ratsiondagi rezavorlar ulushini oshirish yog‘ massasining ortishi va bu fakt bilan bilvosita bog‘liq bo‘lgan patologiyalar (masalan, ateroskleroz) ehtimolini kamaytiradi.
Maksimal foyda uchun tadqiqotchilar kuniga taxminan ikki kichik chashkada rezavor meva iste’mol qilish xavfsiz ekanligini aytishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter