Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasiga yangi jihozlar va avtomobil olib berildi (foto)

Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasiga yangi jihozlar va avtomobil olib berildi (foto)

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi poliklinikasida «Do‘stlar klubi»ning navbatdagi uchrashuvi tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Xalq banki boshqaruvi raisi, «Do‘stlar klubi» a’zolari, ijodkorlar, bank xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Poliklinikaga yangi mebellar olindi.
Foto: «Xabar.uz»

Xalq banki tomonidan uyushma tarkibidagi poliklinikaga ijodkorlar sog‘ligini tiklab borish maqsadida mobil rentgen uskunasi, N-300 M binokulyar mikroskop, koagulometr apparati va mebel jihozlari olib berildi.

Shu bilan birga, bank tomonidan uyushma ish faoliyatida foydalanish uchun «Lasetti» rusumli xizmat mashinasining taqdim etildi.

Poliklinika zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi.
Foto: «Xabar.uz»

— «Do‘stlar klubi» tomonidan amalga oshirilayotgan barcha ishlar shubhasiz adabiyotimiz rivojiga, ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, — dedi Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali. — Xalq banki bilan hamkorlikda hali uzoq yillar hamjihatlikda ish olib boramiz, katta-katta rejalarni amalga oshiramiz. Bank tomonidan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi muassisligi va hamkorligida gazeta va jurnallar moddiy bazasini mustahkamlash, o‘quvchilari sonini oshirish borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan ko‘plab ijodkor yoshlarning kontrakt to‘lovlari bankning imtiyozli ta’lim kreditlari asosida to‘lab berildi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, kelgusida «Do‘stlar klubi» tomonidan turli ijodiy uchrashuvlar va tanlovlar o‘tkazish, uyushma qoshida badiiy tarjima maktabini tashkil etish, qardosh davlatlar o‘rtasida adabiyot kunlarini o‘tkazish, uyushma a’zolari va ijodkorlarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, uyushma a’zolari uchun ko‘pqavatli uy-joylarning boshlang‘ich to‘lovlarini to‘lashga ipoteka kreditlari ajratish va shu kabi boshqa ishlarni amalga oshirish belgilab olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring