Yosh hunarmandlarni taqdirlash marosimi qanday o‘tdi?
Kecha, 5 dekabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 38-Bosh Assambleyasi doirasida tashkil etilgan xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari virtual ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizdagi barcha 14 hududdan vakillar ishtirok etishdi.
E’tiborli tomoni, ushbu xalqaro tashkilotning 2021-2024 yillardagi prezidenti sifatida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov saylangan edi. Shunga monand, Osiyo-Tinch okeani mintaqasining shtab-kvartirasi ham Toshkentda ish boshlaydigan bo‘ldi.
Tadbir davomida shuningdek yana yosh hunarmandlar onlayn ko‘rik tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter