Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘l o‘tkazgich qurilishiga halal berayotgan daraxtlar faqat jamoatchilik roziligi bilan boshqa joyga o‘tkaziladi

Yo‘l o‘tkazgich qurilishiga halal berayotgan daraxtlar faqat jamoatchilik roziligi bilan boshqa joyga o‘tkaziladi

Bugun Ekologiya vazirligi tomonidan Bobur ko‘chasi va Kichik halqa yo‘lini Toshkent xalqaro aeroporti bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichlari qurilishi natijasida 69 ta daraxtni boshqa joyga o‘tkazish bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Xabar.uz muxbirlari ushbu tadbirda ishtirok etdilar.

Mutasaddilar tomonidan ta’kidlanishicha, mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida markaziy ko‘chalarda avtomobillar harakatiga yanada qulaylik yaratiladi va katta tirbandliklarning oldi olinadi. Ammo Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev tomonidan ta’kidlanishicha, faqatgina jamoatchilik roziligi bilangina 69 ta daraxtni boshqa joyga ko‘chirish mumkin bo‘ladi.

– Jamoatchilik rad etgan taqdirda ushbu tadbir amalga oshirilmaydi. Ammo shuni ham ta’kidlab o‘tishim lozim, ushbu ish bilan shug‘ullanayotgan kompaniya nafaqat 69 ta daraxtni boshqa joyga ko‘chirib, ikki yil davomida uning parvarishi bilan band bo‘ladi, balki shu vaqt ichida yana 690 ta ko‘chat ham o‘tqazib, ko‘kartirishi ko‘zda tutilgan, – dedi Kusherbayev.

Jamoatchilik eshituvi davomida turli OAV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga javob berib o‘tildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring