Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada mudofaa budjeti rekord darajaga yetadi

Yaponiyada mudofaa budjeti rekord darajaga yetadi

Foto: «Vekipediya»

Yaponiya parlamentining yuqori palatasida joriy yilning 1 aprelidan 2019 yilning 1 martiga qadar davom etadigan moliyaviy yil uchun rekord miqdorda mudofaa budjeti qabul qilindi.

Mudofaa xarajatlari 5,191 trillion iyen (49 milliard dollar atrofida)ni tashkil etadi. Bu haqda yapon OAV ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» ma’lum qilmoqda. 

Avvalgi yil bilan solishtirganda harbiy xarajat 1,17 foiz oshadi. Bu holat KXDRning harbiy faolligi oshib borishi, uning yadro va raketa dasturi rivoji sababli Yaponiya raketaga qarshi mudofaa tizimini kuchaytirishga majburligi bilan bog‘liqdir. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas