Yaponiya o‘rmonidagi doiralar qanday paydo bo‘lgan?

Yaponiya janubidagi Miyazakidagi o‘rmon o‘zining betakror shakli bilan ko‘pchilikni hayratga soladi. Hatto yaqin-yaqingacha bu ko‘rinish o‘zga sayyoraliklar bilan bog‘liq degan mish-mishlar urchigandi. Chunki ushbu sadr ya’ni qarag‘ay daraxtlari bo‘y cho‘zgan sari, sirli konsentrik doiralarni hosil qilgan. Ular nafaqat aerofotosuratlarda, balki Google Earthda ham ko‘rinadi.
O‘zining g‘ayritabiiy ko‘rinishiga qaramay, o‘rmon hech qanday sirli hikoyaga ega emas. Ushbu go‘zal tabiiy shakllanishlar 50 yil oldin o‘tkazilgan ilmiy tajriba natijasidir. Yaponiya Qishloq, o‘rmon va baliqchilik vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 1973 yilda daraxtlarning o‘sishi va ularning orasidagi masofaga qarab o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish bo‘yicha loyiha boshlangan. O‘sha paytda Nichinan shahri yaqinidagi bu hudud «tajriba o‘rmon xo‘jaligi hududi» sifatida belgilangan. Ya’ni olimlar 10 graduslik radial oraliqda daraxtlar ekib, 10 ta konsentrik aylana hosil qilishgan, jami 720 tup daraxt ekilgan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, daraxtlar o‘rmon bo‘ylab qavariq qatorlarda o‘sgan. Ya’ni daraxtlar markazdan qanchalik uzoqroq bo‘lsa, shunchalik katta bo‘ladi. Bu hodisa haqida ham aniq tushuntirishlar mavjud emas.
O‘rmonni 2011 yilda kesish rejalashtirilgan edi, ammo bu noyob hududga to‘satdan qiziqish kuchaydi va tadqiqotlarni davom ettirish maqsadida rasmiylar uni saqlab qolishga qaror qilishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter