Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi 800 mlrd yevro qiymatidagi mudofaa rejasini tasdiqladi

Yevropa Ittifoqi 800 mlrd yevro qiymatidagi mudofaa rejasini tasdiqladi

Foto: AP

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilari Bryussel sammitida tashkilotning 800 mlrd yevro qiymatidagi mudofaa rejasini tasdiqlashdi, deb xabar berdi Agence France-Presse (AFP).

«YI yetakchilari Yevrokomissiyaning mudofaani kuchaytirishga qaratilgan rejasini tasdiqladi», — deyiladi xabarda.

Reja Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan 4-mart kuni taqdim etilgandi. Tashabbus YI mamlakatlarining mudofaa uchun €150 milliardgacha qarz olishini ko‘zda tutadi. Yevrokomissiya mablag‘ni kapital bozoridan olib, davlatlarga kredit sifatida ajratadi. Mablag‘lar Ukraina uchun havo hujumidan mudofaa tizimi va qurol ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Litva prezidenti Gitanas Nauseda 6-mart kuni Yevroittifoqqa yiliga 40 mlrd yevrodan ko‘proq mablag‘ to‘plash uchun har bir mamlakat o‘z yalpi ichki mahsulotining 0,25 foizini Ukrainaga ajratishini taklif qilgandi. Nauseda Litva bu majburiyatni o‘z zimmasiga olganini ham ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring