Yangi vazirlikda tayinlovlar amalga oshirildi

Sodiqjon Turdiyev mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari edi.
Abdulla Tursunov mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Muxtor Muhitdinov mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari edi.
Eslatib o‘tamiz, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilib, unga rahbarlik qilish Prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenovga yuklatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter