Behzod Musayev, Laziz To‘ychiyev, Abduhakim Hojiboyev va Temur Ishmetov zimmasiga yangi topshiriq ijrosi yuklatildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun yoshlar masalasi bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi. Davlat rahbari yig‘ilish davomida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
— Joriy yilda sog‘liqni saqlash sohasida katta islohotlarni boshladik.
Har bir mahalla va xonadonni sifatli tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish uchun, malakali o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini ko‘paytirish zarur bo‘lmoqda.
Birgina «tibbiy brigadalar»ga kamida 7 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimlari kerak.
Shuning uchun, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarimizning davomi sifatida, joriy yilda qo‘shimcha 20 minggacha o‘rta tibbiyot (terapiya, pediatriya, patronaj va akusher hamshiralar) va ijtimoiy xodimlar shtatini tashkil etish hisobiga, minglab yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi, — dedi davlat rahbari.
Yig‘ilish davomida ushbu topshiriq ijrosini tashkil etish Behzod Musayev (bosh vazir o‘rinbosari), Laziz To‘ychiyev (Prezident maslahatchisi o‘rinbosari), Abduhakim Hojiboyev (sog‘liqni saqlash vaziri) va Temur Ishmetovning (moliya vaziri) zimmasiga yuklatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter