Yana bir «Bank xizmatlar markazlari» o‘z faoliyatini boshladi
Aholiga taqdim etilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida, Mikrokreditbank Toshkent shahar filialida navbatdagi zamonaviy talablarga mos «Bank xizmatlari markazi» ish faoliyatini boshladi.
Shuni aytish lozimki, zamonaviy bank xizmatlari markazlari aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish imkonini beradi.
Bank xizmatlari markazlarida mijozlarga mutaxassislar maslahatini olish, hisob raqam ochish va kredit olish uchun ariza berish, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
– Anchadan beri kredit olishga ehtiyojim bor edi. Bugun Mikrokreditbankning yangi bank xizmatlari ochilganini ko‘rib kelgan edim. Anderayter tizimi orqali bir kunning ichida menga kredit rasmiylashtirib berishdi, – deydi Yulduz Isakova. – Bu qadar tezkorlikni ko‘rib rosti juda hayron qoldim. Bankdan ham bir kunning o‘zida kredit olish mumkinligiga boshqa odam aytganda ishonmas edim. O‘zim keldim, ko‘rdim va oldim.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish maqsadida respublika miqyosida keng ko‘lamda tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter