Xayrullo Bozorov bir oydan beri Toshkentda davolanayotgani ma’lum bo‘ldi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov joriy yil 27 iyundan beri Toshkent shahrida chuqurlashtirilgan tibbiy davolanishda bo‘lib turibdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xayrullo Bozorov sekvestrlangan bel umurtqa churrasi diagnozi bilan bel sohasida kichik jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan.
Hozirda statsionar sharoitda reabilitatsiya jarayonini o‘tkazmoqda, ishlarni masofadan onlayn tarzda muvofiqlashtirib bormoqda. Yaqin kunlarda viloyat hokimi odatiy ish faoliyatiga qaytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter