Xalq ta’limi vaziri o‘zgaradi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi yalpi yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Xalq ta’limi vaziri lavozimiga shu kungacha O‘zbekiston Respublikasini XXR favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan Saidov Baxtiyor Odilovich nomzodi ma’qullandi.
Avvalroq, bunga qadar Xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan Shermatov Sherzod Hotamovich nomzodi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga ma’qullangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter