Voyaga yetmaganlarni tergov qilish uchun maxsus xonalar tashkil etildi
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasida voyaga yetmaganlarni audio va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan kompleks namunaviy maxsus xonalar tashkil etildi va to‘liq zamonaviy moddiy-texnik ba’zalar bilan jihozlandi.
Bu o‘z navbatida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida qonunchilikni hamda voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq jinoyat ishlarini tergov qilish va ko‘rib chiqish uslubiyatini yanada takomillashtirish, tergov faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirishdan iborat.
Voyaga yetmaganlarni tergov qilish xonasining Tergov boshqarmasida tashkil etilishi asosiy protsessual harakatlarni video qayd etish dalillarni to‘plash va mustahkamlashda qonuniylik va xolislikni ta’minlashga qaratilgan muhim yangiliklardan hisoblanadi.
Eng muhimi, voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish, ular bilan bog‘liq tergov harakatlarni o‘tkazish jarayonida bu maxsus xonada voyaga yetmagan shaxs o‘zini erkin his tutishi, uning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan omillarning mavjud emasligi, ishga aloqador holatlar bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan holatlarni erkin so‘zlab berish uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilib, foydalanishga topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter