«Vaqf» jamoat fondi rahbari ishdan ketdi
![«Vaqf» jamoat fondi rahbari ishdan ketdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3859661513.jpg)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi Iskandar Xalilov vazifasidan ketdi. Uning o‘rniga Toshkent shahri Shayxontohur tumani «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Abdurahmonov Yahyo Ubaydullo o‘g‘li tayinlandi.
Sirdaryoda tavallud topgan o‘ttiz besh yoshli Yahyo Abdurahmonov Toshkent islom institutida ta’lim olgan, Misr Arab Respublikasidagi «al-Azhar» universitetida malaka oshirgan, shuningdek, O‘zbekiston milliy universitetining Oliy jurnalistika fakulteti bitiruvchisi hisoblanadi.
«Vaqf» jamoat fondining sobiq raisi I. Xalilov xayriya tariqasida tushgan pullarga «Malibu-2» xizmat mashinasi olganligi ortidan mojarolar markazi qolgandi. U qanday vazifaga o‘tkazilgani haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter