Umida To‘xtasheva Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 noyabrdagi PQ-4873-son qarori bilan To‘xtasheva Umida Abdilovna Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari – Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U. To‘xtasheva 1978 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2003 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
Tayinlovga qadar, U. To‘xtasheva Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter