Turkmanistonda 8-mart bayrami arafasida ayollarga 11 dollardan pul beriladi
Xalqaro xotin-qizlar bayramida prezident Gurbanguli Berdimuhammedov nomidan ayollarga 40 manat (11 AQSh dollari) miqdorida pul mukofoti beriladi.
Mukofotlar mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona va muassasalarda ishlovchi barcha ayollarga tantanali vaziyatda topshiriladi. Shuningdek, prezident qarori talabalar, maktab o‘quvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarida o‘qiyotgan qizlarni ham qamrab oladi.
Eslatib o‘tamiz, 8-martda xotin-qizlarga 40 manatdan ulashish an’anasi Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurat Niyozov davrida paydo bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter