Toshkentdagi Oloy bozorining nomini o‘zgartirish taklif etildi
O‘zbekiston milliy axborot agentligi rasmiy saytida jurnalist Suhrob Avvalboyevning Toshkentdagi Oloy bozoriga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi. Jurnalist bozorning nomini o‘zgartirish taklifi bilan chiqqan.
«Bozorning nomlanishi kishini o‘yga toldiradi. Xo‘sh, «oloy» so‘zi qanday ma’noni bildiradi? Hazrat Alisher Navoiy asarlarini o‘qiyotib, «oloy» so‘ziga duch keldim va tabiiyki, uning ma’nosini bilgim keldi. Ma’lum bo‘lishicha, «oloy» so‘zi arab yoki fors tilidan olinmagan. Aksincha, asli turkiy so‘z bo‘lib, «bulg‘atuvchi» degan ma’noni anglatadi va omonimlar guruhiga kirmaydi («Navoiy asarlari lug‘ati», tuzuvchi: S.Ibrohimov, G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1972-yil). Xalqimiz nutqida uchraydigan may oloy (ya’ni may yuqqan) va chehra oloy (ya’ni qallob) kabi iboralar bunga isbot bo‘la oladi. Endi bir o‘ylab ko‘ring, poytaxtimizdagi nufuzli bozorni nahotki shunday nom bilan atash mumkin bo‘lsa?» deb yozadi muallif.
Mavzuga oid: Takliflar, takliflar…nega jamiyat ularni salbiy qarshi olmoqda?
Mazkur nomlanish uning fikricha, «xalqimiz va tilimizni tahqirlash, o‘zbek tilining boyligi va jozibadorligiga nisbatan bepisandlik» bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, Vazirlar Maxkamasining 1996-yil 5-martdagi 82-sonli qarorga asosan «Oloy bozori», «Oloy dehqon bozori» Ochiq Aksionerlik Jamiyatiga aylantirilib 1996-yil 12-maydan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter