Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Bobur ko‘chasi yopilmoqda

Toshkentdagi Bobur ko‘chasi yopilmoqda

Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasining Toshkent Xalqaro aeroportidan Muqimiy va Nukus ko‘chalari bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Shu sababli, yo‘lning bir tomoni joriy yilning 20-oktyabr kuni soat 10:00 dan 25-oktyabr kunigacha transport harakati uchun yopiladi, har ikki yo‘nalishda harakatlanish yo‘lning ikkinchi tomonida amalga oshiriladi.

«Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», deyiladi hokimlik ma’lumotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring