Toshkentda ruxsatsiz diniy adabiyotdan dars bergan ayollar jazolandi
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi o‘quv markazlaridan birida 43 yoshli N.K. va 19 yoshli M.R. (ikkisi ham ayol) tegishli ruxsatlarsiz diniy adabiyotdan foydalangan holda dars o‘tgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, tumanda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida ular ushlangan va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasiga (Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) asosan sud tomonidan ayollarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan.
Ammo voqea qachon bo‘lgani, aybdor deb topilganlarga qanday jazo qo‘llanilgani haqida batafsil ma’lumot ochiqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter