Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi ogohlantiruvchi xabar berdi

Toshkent shahar hokimligi ogohlantiruvchi xabar berdi

Foto: Xabar.uz

Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasida (yangi Dinamo do‘koni) yangi yer usti piyodalar o‘tish yo‘li quriladi.

Shu sababli, 29-iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar shu ko‘chaning «Sulton» restoranidan avtomobil ko‘prigigacha bo‘lgan qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi.

«Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

Kecha 27-iyul kuni ham hokimlik ayrim markaziy ko‘chalar yopilishini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring