Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimi muxbirning savoliga javob bera olmay juftakni rostladi (video)

Toshkent shahar hokimi muxbirning savoliga javob bera olmay juftakni rostladi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev muxbirning savoliga javob bera olmay, suhbat jarayonidan qochib ketdi.

QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova poytaxtda reklama bannerlari nima uchun sud qarorisiz, shunchaki olib tashlanayotgani haqida hokimdan so‘radi. Har qanday tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bayon etgan hokim ushbu savolga qanday javob berishni bilmay, juftakni rostlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda poytaxtning barcha ko‘chalarida reklama bannerlari buzilmoqda.

Hatto, Toshkentda tadbirkorlar reklama bannerlarining sud qarorisiz, noqonuniy buzilishini to‘xtatishni so‘rab Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilishgandi. Poytaxt ko‘chalarida ushbu vaziyatga e’tiborni qaratish uchun bir qancha reklama bannerlari paydo bo‘lgandi.

Ammo ko‘p vaqt o‘tmay, o‘sha bannerlar ham buzib tashlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring