Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tog‘li hududda «Dehqonobod City» qurilishi boshlandi

Tog‘li hududda «Dehqonobod City» qurilishi boshlandi

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Dehqonobod tumanida «Dehqonobod City» ko‘p qavatli uylar majmuasi qurilishi boshlab yuborildi.

Majmua ochilishida ishtirok etgan viloyat hokimi Murodjon Azimov, tuman hokimi Zoir Aliqulov va sektor rahbarlari, shuningdek nuroniylar va keng jamoatchilik yangi uylar qurilishining ilk peydovorini qo‘ydi.

Dehqonobodlik tadbirkor tomonidan barpo qilinayotgan ko‘p qavatli uylar jami 8 gektar maydonda qad rostlab, 1034 nafar oila uchun mo‘ljallangan. Loyiha boshida 6 ta 5 qavatli turar joy binolari barpo etiladi.

«Ushbu ko‘p qavatli turar joy binolari aholi uchun arzon narxlarda beriladi», deya xabar berdi Dehqonobod tuman kengashi deputati Turdiqul Mamanov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring