Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot bo‘yicha «psixiatriya» yo‘nalishida davlat grantiga qabul kvotalari oshiriladi

Tibbiyot bo‘yicha «psixiatriya» yo‘nalishida davlat grantiga qabul kvotalari oshiriladi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16-mart kuni «Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Davolash-ishlab chiqarish korxonalari 2018-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-yanvargacha yer solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va mulk solig‘idan, shuningdek, yagona soliq to‘lovidan ozod qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z joniga qasd holatlarini har oyda tanqidiy muhokama qilib, muhokamalar yakuni bo‘yicha topshirilgan vazifalarning muddatlari buzilishi va bajarilishi uzilib qolishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik qo‘llaniladi.

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab davlat granti asosida «psixiatriya» yo‘nalishi bo‘yicha magistrlarni tayyorlash yuzasidan oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasiga — 15 nafar, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot institutiga — 10 nafardan qabul kvotalari oshiriladi.

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot institutlarida bazaviy tibbiyot ma’lumotiga ega bo‘lgan vrachlar uchun ularning o‘rtacha oylik ish haqini saqlagan va xizmat safari xarajatlarini qoplagan holda «psixiatriya» va «suitsidologiya» yo‘nalishlarida ixtisoslashuv kurslari tashkil qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring