Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkinjon Turdimov murojaat bilan chiqdi va telegram raqamini ma’lum qildi

Erkinjon Turdimov murojaat bilan chiqdi va telegram raqamini ma’lum qildi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tibbiyot sohasi mas’ullari bilan uchrashuv chog‘ida viloyat aholisiga murojaat qildi.

– Tibbiyot sohasini yaxshilash, mavjud kamchiliklar, ta’magirliklar, e’tiborsizlik oqibatida yuzaga kelayotgan salbiy holatlar bo‘yicha ma’lumotlaringizni 97 405-40-09 telegram raqamiga yo‘llashingizni so‘rayman. Ushbu ma’lumotlar asosida tibbiyot sohasidagi rejalarimizga o‘zgarishlar kiritamiz, tasdiqlangan faktlar bo‘yicha xulosa qilamiz. Bugun tibbiyot sohasini xalqimiz, keng jamoatchilik nazoratisiz, ular bilan bevosita muloqotsiz o‘zgartirib bo‘lmaydi. Soha ta’magirliklar, tanish-bilishchiliklar, ko‘plab noto‘g‘ri ishlar bo‘layotgani hech kimga sir emas. Faqat birgalashib, bunday holatlarning oldini olishimiz mumkin, – dedi viloyat hokimi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring