Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudya bilan mojarosi sabab tilga tushgan sobiq hokim yangi ishga o‘tdi

Sudya bilan mojarosi sabab tilga tushgan sobiq hokim yangi ishga o‘tdi

Sa’dulla Boboqulov.

Joriy yilning 10-aprel kuni Xalq deputatlari G‘uzor tumani kengashi yig‘ilishida tuman hokimi Sa’dulla Boboqulov o‘z arizasiga ko‘ra, egallab turgan lavozimidan ozod qilingandi.

O‘shanda «fidoyi xizmatlari uchun viloyat hokimi S.Boboqulovga rahmat aytib, salomatligini tiklab tez orada safimizga qaytishiga tilak bildirgani» aytilgandi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uzoq muddatli muolajadan so‘ng, salomatligi tiklangan Sa’dulla Boboqulov viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, S.Boboqulov tuman hokimligidan ketishidan avvalroq G‘uzor tumanlararo sudining raisi Sattor Aqanov bilan telefon muloqoti sabab jamoatchilik e’tiboriga tushgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring