Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV tizimidagi klinikada 586 million so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi

SSV tizimidagi klinikada 586 million so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganishda, Klinika mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan budjet mablag‘larining maqsadsiz sarf qilinishi, o‘zlashtirish va talon-taroj qilish holatlari, aslida ishlamagan xodimlar uchun oylik ish haqlari to‘lab kelinishi, tibbiyot texnikalaridan foydalanish, pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘larning maqsadsiz sarflanishi, davlat xaridlarini amalga oshirishda bir qator qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Yakunda klinika faoliyatida jami 9 mlrd. 747 mln. 598 ming so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, shundan 586.798.200 ming so‘mlik budjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Mavjud aniqlangan holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.

Shunga muvofiq, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring