Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston suzish federatsiyasiga ajratilgan pullarni «qarindoshlar» o‘zlashtirib yuborgan

O‘zbekiston suzish federatsiyasiga ajratilgan pullarni «qarindoshlar» o‘zlashtirib yuborgan

Prokuratura organlari tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan tizimli nazorat tadbirlarining birida davlat budjeti mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyat fosh qilindi.

Gap shundaki, O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan suzish sporti uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan terma jamoa a’zosi bo‘lmagan, aslida Federatsiya Bosh kotibi A.G.ning oila a’zolari bo‘lgan N.G., M.G va boshqa jami 15 nafar fuqarolarni Turkiya davlatiga dam olishga yuborilib, 405 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.

Mavzuga doir: Suzish federatsiyasi kotibi ishdan olindi, uch sportchimizning Olimpiada yo‘llanmasi bekor bo‘ldi

Shuningdek, amalda o‘tilmagan o‘quv - mashg‘ulot yig‘inlar uchun soxta buyruqlar asosida 458 mln so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, Federatsiyaga xalqaro musobaqa va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd so‘m mablag‘lar maqsadsiz sarflanib, talon-toroj qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring