Shomahmudovlar haykali joyiga qaytdi (fotoreportaj)
Toshkentning Shayxontohur tumanidagi ko‘cha, «Bunyodkor» metro bekati hamda «Istiqlol» san’at saroyiga «Xalqlar do‘stligi» nomi qaytarilishi haqida xabar bergan edik.
Prezident matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan «Shavkat Mirziyoyev: vaqt o‘tgan sari Shomahmudovlar oilasi ko‘rsatgan qahramonlikning ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda» deb nomlangan videorolikda davlat rahbari Ikkinchi jahon urushi yillarida 14 nafar yetim bolani o‘z tarbiyasiga olgan toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudovlar ko‘rsatgan qahramonlikning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tgan, tarixiy haqiqatni qaror toptirish, xalqimizning ezgu fazilat va qadriyatlarini abadiylashtirish uchun Shomahmudovlar oilasiga bag‘ishlangan «Xalqlar do‘stligi» deb nomlangan yodgorlik ansamblini poytaxtimiz markazidagi maydonga qaytarish adolatli bo‘lishini, Toshkentning Shayhontoxur tumanidagi ko‘chaga Shomahmudovlar nomi qaytarilishini aytib o‘tadi.
Shu yilning 28-aprel kuni «Xabar.uz» muxbiri Farrux Aliyev maydondagi qurilish jarayonidan fotoreportaj tayyorlagan edi. Muxbirimiz kecha, 4-may kuni voqealar rivojini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, buni fotosuratlarga aks ettirib qaytdi. Quyidagi fotoreportaj aynan shu haqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter