«Xalqlar do‘stligi» yaqinida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 2018-yil 11-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashagan M.Sh. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasini Furqat ko‘chasida joylashgan «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi oldida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada avtomashina haydovchisi M.Sh. va uning yo‘lovchisi N.M.lar jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter