Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor umrni uzaytirishda yordam beradigan foydali mahsulotlarni sanadi

Shifokor umrni uzaytirishda yordam beradigan foydali mahsulotlarni sanadi

Rossiyalik shifokor, dermatovenerolog  Yuliya Andreanova hayotni uzaytiradigan bir qator mahsulotlarni sanab o‘tdi. Bu haqda «Vechernyaya Moskva» gazetasi saytida xabar berildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yormani ko‘proq iste’mol qilish kerak — u tanaga yaxshi so‘riladi va tozalashga yordam beradi. Bundan tashqari, sabzavot, mevalar, o‘tlar va rezavorlar diyetaga qo‘shilishi kerak.

Andreanovaning ta’kidlashicha, fermentlangan sut mahsulotlari ham umrni uzaytirishi mumkin. Ular ichak mikroflorasini normallashtiradi.

Tana uchun yana bir foydali narsa hayvonlarning oqsillarini o‘z ichiga olgan mahsulotlardir. Bu baliq va tovuq, — dedi shifokor.

Uning ta’kidlashicha, dengiz mahsulotlari organizm uchun muhim yod manbai bo‘lishi mumkin. Shuningdek, endorfin ishlab chiqarish uchun qora shokolad iste’mol qilinishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring