Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Ortiqxo‘jayevga: «Insof bergani rost bo‘lsin senga...»

Shavkat Mirziyoyev Ortiqxo‘jayevga: «Insof bergani rost bo‘lsin senga...»

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangihayot va Sergeli tumanlarini aylanish chog‘ida faolar bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuvda davlat rahbari hokim va boshqa amaldorlarni ertaroq uyg‘onish va ishlashga chaqirdi. Bu haqda «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi. 

«Men hokimga necha marta aytaman 6:00 da uyg‘on deb. Hozir 6:00 da emas, 5:30 da yorug‘ bo‘lib ketyapti», — dedi prezident.

Shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev davlat rahbarining so‘zlarni tasdiqlab, vaqtli uyg‘onayotganini aytdi. «Insof bergani rost bo‘lsin senga ham», — deya qo‘shimcha qilgan prezident.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek, tashqi qarz masalasida ham gapirgan. 

«Avvalambor bizning hamma qarzimiz qonun nuqtai nazaridan. Bu bo‘lmaganida oylik ham, metro ham bo‘lmas edi. Tibbiyot xodimlari yoki muallimlarning oyliklari oshmasdi», —deydi prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring