Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sen bu yerda nima qilib o‘tiribsan?» — Turdimov mas’ullarni zaldan haydab chiqardi (video)

«Sen bu yerda nima qilib o‘tiribsan?» — Turdimov mas’ullarni zaldan haydab chiqardi (video)

Videodan kadr.

Tarmoqda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning asabiy tarzda o‘tkazgan yig‘ilishi videosi tarqaldi.

Turdimov kuchli qordan so‘ng tozalanmagan ko‘chalar masalasini gapirarkan, yig‘ilish zalidan ayrim mas’ullarni tashqariga chiqarib yuborgan.

«Ertalab kelsak, yo‘llar kuralmagan, trotuarlar supurilmagan, hammayoq qor. Hammasi uxlab yotibdi, shaharni aravasini kim tortadi? (mas’ullardan biriga qarab) Sen nega bu yerda o‘tiribsan? Chiqib ket zaldan. Qorni kura borib! Bugun o‘tiradigan joy emas, qor kurash kerak, janob Fazliddin Karimovich... Man Shukurovni quvib yubordim ertalab uydan chiqartirib. 

Ilgari qor kuralardi, tozalanardi. Bugun hech kim chiqmagan, avtoyo‘l o‘lgan. Hammajoy qor. Ertaga u muzlaydi, hammayoq muz bo‘ladi, avariya ko‘payadi, odamlar o‘ladi.

(Yana bir amaldorga qarata) Sen nega o‘tiribsan?  Men soat o‘ndan keyin tekshiraman. Agar bir joyda qor yoki muz ko‘radigan bo‘lsam sharmandangni chiqaraman»,— degan Samarqand hokimi. 

Hokim shuningdek, tegishli tashkilotlarni o‘z binolarini atrofini tozalashga buyurgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring