Saylov qonunchiligi bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) media-xollida «Saylov qonunchiligi targ‘iboti» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi, mazkur tadbirda O‘zEOAVMAga a’zo bo‘lgan Respublika miqyosidagi yetakchi nodavlat telekanallari («Sevimli», ZO‘R TV, MY5, UzReport, «Renessans») shuningdek, markaziy va hududiy telekompaniyalar rahbarlari hamda saylovni yoritish bo‘yicha mas’ul jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbir boshida, Markaziy saylov komissiyasi mas’ul xodimi Kurbankulov Suyarjon ma’ruza qildi. Jumladan 2021-yilning 24-oktyabr sanasida mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining shaffof o‘tishi va bu jarayonda OAVda sifatli va tezkor yoritishda jurnalistlarning o‘rni haqida so‘z bordi.
Xususan, O‘zEOAVMAga a’zo teleradiokanallarining vazifasi Prezident saylovlarini sifatli va keng yoritishga ko‘maklashishdan iboratligi ta’kidlanib, qo‘yidagi mavzular haqida tushuntirishlar berildi:
1. Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos hususiyatlari;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari;
Shundan so‘ng O‘zEOAVMA Boshщqvruvi raisi F.Abduxoliqov «Yangi O‘zbekiston» gazetasida chop etilgan «Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda» sarlavhali intervyusida ilgari surilgan g‘oya va fikrlar, maqsad va vazifalar haqida gapirar ekan bugun mamlakatimizda hayotimizni tubdan o‘zgartirgan yirik islohotlar amalga oshirilayotganligini alohida ta’kidlab, intervyuning asosiy yo‘nalishlari haqida gapirdi.
2021-yilning aprel oyida O‘zEOAVMA tomonidan ishlab chiqilgan «Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh» media dasturining loyihalari ijrosi haqida so‘z yuritdi.
Ma’lumki ushbu media-dastur o‘zida 60 ta yirik loyihani jamlagan bo‘lib, ular orasida nodavlat teleradikanallarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, ularda faoliyat ko‘rsayotgan ijodiy va texnik xodimlar malakasini oshirish singari masalalarga alohida o‘rin ajratilgan
Bosh direktor «Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh» media dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida Nodavlat markaziy va hududiy teleradiostansiyalar, veb-saytlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant mablag‘lari ajratilganligini ma’lum qildi. Ta’kidlanganidek, O‘zEOAVMA a’zolariga, xususan, markaziy telekanallarning har biriga 500 mln. so‘m, hududiy telekanallarga 200 mln. so‘m, markaziy radiolarga o‘rtacha 120 mln so‘mdan, hududiy radiokanallarga 60 mln so‘mdan, jami 7 mlrd. 420 mln so‘m pul berilmoqda.
Tadbir so‘ngida «Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh» milliy media dasturi doirasidagi vazifalarni samarali amalga oshirishga alohida hissa qo‘shayotgan O‘ZOAVMAga a’zo tele va radiokanallarning grant sertifikatlari topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter