Sardor Umurzoqov Prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sardor O‘ktamovich Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishdan olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter