Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sankt-Peterburgda pasportlari olib qo‘yilgan o‘zbekistonliklar: agentlik nima deydi?

Sankt-Peterburgda pasportlari olib qo‘yilgan o‘zbekistonliklar: agentlik nima deydi?

Foto: tashqi mehnat migratsiyasi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburgdagi vakilligiga O‘zbekiston fuqarolari vaqtincha ishlayotgan qurilish ob’yektlarida ish beruvchi ularning pasportlarini olib qo‘yilgani to‘g‘risida murojaat qilgan.

Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Muammoga oydinlik kiritish maqsadida ish beruvchi bilan suhbat o‘tkazilib, Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligi asosida javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi va fuqarolarning pasportlari o‘z egalariga qaytarildi.

Shuningdek, fuqarolarga Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli va’dalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring