Samarqandda yana bir tumanga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 12-yanvar kuni Payariqda ham xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Abdumo‘min Jo‘rayev o‘z arizasiga ko‘ra, Payariq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha Toyloq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Musinov Dilshod Sultanovich Payariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pasdarg‘om tumanida hokim o‘zgargani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter