Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Islom Karimov tavalludi munosabati bilan ehson oshlari berilmoqda

Samarqandda Islom Karimov tavalludi munosabati bilan ehson oshlari berilmoqda

Foto: O‘zA

30-yanvar — O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilib, ehson oshlari berilmoqda.

Samarqand shahridagi Registon maydoni yaqinidagi Birinchi Prezident haykali o‘rnatilgan xiyobonda viloyat jamoatchiligi vakillari, turli hududlardan kelgan mehmonlar tomonidan haykal poyiga gullar qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbirda viloyat jamoatchiligi bilan birga, yurtimizning boshqa hududlaridan kelgan mehmonlar ham ishtirok etdi va Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida Samarqand shahri jamoatchiligi va mehmonlar uchun ehson oshi tortildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Samarqand viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev viloyatning barcha tuman va shaharlarida ehson oshlari berilishini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring