«Samarqand millionlik shahar bo‘ladi» – Erkinjon Turdimov
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida «Xokim, vazir va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov uzog‘i bilan yil oxiriga qadar, balki undan oldinroq Samarqand aholisi bir milliondan ortiq shaharga aylanishini ma’lum qildi.
«Aslida hozirning o‘zida Samarqandd 1 million aholi yashaydi. Shaharga yaqin joylashgan bir necha tumanlar qo‘shilib ketgan. Biz Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz.
Aholi soni bir million bo‘lganidan so‘ng, dunyoda bunday shaharlarning o‘z statusi bor. Har qanday biznesmen biror hududga sarmoya kiritishdan oldin, aholisi soni qancha deb qiziqadi. Shunga qarab mehnat resurslari, talabga baho beriladi.
Shu o‘rinda Erkinjon Turdimov Qozog‘istonni misol qilib keltirdi. O‘zbekistondan aholisi ikki barvar kam bo‘lsa-da, 3ta millionli shahri bor – Olma-Ota, Astana va Chimkent. Bizda esa bitta – Toshkent», — qayd etgan hokim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter