Rossiyada migrantlar qancha pul topishi va asosan nimalardan norozi ekani aytildi
Bugungi kunda Rossiyadagi mehnat muhojirlarining o‘rtacha maoshi deyarli 50 ming rublgacha yetmoqda.
Bu haqda Rossiya migrantlari federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov «Rossiya Federatsiyasining 2021-yildagi migratsiya sohasi: natijalar, muammolar, yechimlar» taqdimoti chog‘ida ma’lum qilgan.
Ushbu natija 2021-yil davomida to‘plangan ma’lumotlar asosida keltirilgan. Tadqiqotda Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 4739 kishi ishtirok etgan.
So‘rov natijalariga ko‘ra, o‘rtacha ishchi 47 100 rubl maosh olishi ma’lum bo‘lgan. Respondentlarning fikriga ko‘ra, ular o‘rtacha 77 200 rubl daromad topishni istashadi.
Yangi kelganlar muhojirlarning rus tilini biladiganlari yaxshi bilmaydiganlarga qaraganda o‘rtacha 35 foiz ko‘proq - mos ravishda 49 ming va 37 ming rubl ishlashadi.
Migrantlarning 22 foizi sakkiz soat yoki undan kam ishlaydi, so‘rovda qatnashganlarning 27,5 foizi kuniga sakkiz soatdan o‘n soatgacha ishlashlari ma’lum bo‘lgan.
Muhojirlarning 54,4 foizi Rossiyaga ishlash uchun kelishning asosiy sabablari sifatida yurtlaridagi maoshning pastligini, 30,5 foizi mehnat bozorida takliflar yo‘qligidan, 18 foizi o‘z mamlakatlaridagi umumiy turmush darajasi pastligidan shikoyat qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter