Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor tayinlandi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor tayinlandi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimida ishlab kelgan To‘laganov Davron Baxtiyorovich Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Tibbiyot fanlari doktori Davron To‘laganov ko‘p yillar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tizimida turli vazifalarda ishlab kelgan. 2016-2017-yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh shifokor muovini vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.

Birlashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam xizmati tarkibiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13 ta viloyat filiali, 176 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, 2400 dan ortiq tez tibbiy yordam brigadasi, sanitar-aviatsiya xizmati va favqulotda vaziyatlarda aholini tibbiy ta’minlash tezkor brigadalari kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring