Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublika markazlarida davolanish uchun berilgan barcha imtiyoz filiallarga ham tatbiq etiladi

Respublika markazlarida davolanish uchun berilgan barcha imtiyoz filiallarga ham tatbiq etiladi

Kardiologiya markazining viloyat filiallarida ko‘rsatiladigan xizmatlar 15 tadan 35 tagacha yetkaziladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilayotgan videoselektor davomida ta’kidlab o‘tildi.

Davlat rahbari tomonidan bu borada Kardiologiya markazining Xorazm viloyati filiali misol sifatida keltirildi. Ta’kidlanishicha, filialga Orolbo‘yi mintaqaviy markazi maqomi berilib, uni jihozlashga 20 milliard so‘m ajratilgandan so‘ng respublika darajasida amalga oshiriladigan barcha amaliyotlar viloyatning o‘zida yo‘lga qo‘yilgan.

Prezident tomonidan mutasaddilarga kelgusi yil 1 iyulga qadar ushbu amaliyotni Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda, kelgusi yil yakunigacha esa Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berildi. Kelgusi yil 1 iyunga qadar Kardiologiya markazi viloyat filiallari zamonaviy angiograf bilan ta’minlanishi belgilab berildi.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, bundan buyon, bemorlarning respublika markazlarida davolanishi uchun berilgan barcha imtiyozlar (order berish tartibi), ularning filiallariga ham to‘liq tatbiq etiladi.

«Misol uchun, yurak tomirlarini stentlash amaliyoti order asosida respublika markazlarida bepul bajarilsa, viloyat filiallarida ushbu xizmatlar bemor tomonidan 100 foiz qoplanadi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring