Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda soliq mas’ullariga ish qo‘zg‘atildi

Qoraqalpog‘istonda soliq mas’ullariga ish qo‘zg‘atildi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda tuman DSI mas’ul shaxslari 86 nafar fuqaroning jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i uchun to‘langan jami 119,7 mln so‘mlik soliq to‘lovlarini bank kassasiga kirim qilmasdan, ularga qalbaki cheklar takdim qilish orqali ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.   

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring