Qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan bank mansabdorlari jazolandi
Prezidentning PF-178-sonli Farmoni bilan Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga «Tadbirkor virtual ofisi» axborot portaliga kiritilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat o‘rnatishi hamda qonunbuzilish holatlari bo‘yicha tegishli ta’sir choralarini qo‘llashi belgilangan.
Buloqboshi tumanida faoliyat yurituvchi «Safar» (nomi o‘zgartirilgan) fermer xo‘jaligi rahbari chorvachilikni rivojlantirish uchun kredit ajratishni so‘rab AT Xalq bankining Andijon viloyati filialiga murojaat qilgan. «Tadbirkor virtual ofisi»ga yo‘llangan murojaatni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya qilinmagani uchun bankning mansabdor shaxslariga nisbatan Vakil devoni xodimlari tomonidan MJtKning 43-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektining murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygani uchun AT Xalq bankining Paxtaobod tuman filiali rahbariga ham jarima jazosi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, vakolatli organlar portal orqali kelib tushgan murojaatlarni 15 kunda o‘rganib, hal etish choralarini ko‘rishi va natijalari yuzasidan tegishli ma’lumotlar va qabul qilingan qarorlar esa portalga joylashtirilishi ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter