Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishda immunitet zaiflashadi: nimalar iste’mol qilgan ma’qul?

Qishda immunitet zaiflashadi: nimalar iste’mol qilgan ma’qul?

Foto: Xabar.uz

Ko‘pincha qish faslida immunitet tizimi zaiflashib, odamlar orasida mavsumiy kasalliklar avj oladi. Xo‘sh, buning oldini olish uchun qanday mahsulotlar iste’mol qilish lozim? 

— Avvalo, sho‘r, achchiq va yog‘li taomlardan tiyilish zarur. Tarkibida shakar va kofein bo‘lgan mahsulotlar iste’molini ham cheklagan ma’qul, — deydi Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Botir Tojiyev.

— Ularning o‘rniga, qovoq, sabzi, lavlagi, pomidor, piyoz, sarimsoq, ko‘katlar, sutli mahsulotlar, olma, sitrus mevalar, yog‘siz go‘sht, baliq va asal tanavvul qilish tavsiya etiladi.

Ushbu noz-ne’matlar organizmni mineral va vitaminlar bilan to‘yintirib, immunitet tizimini mustahkamlaydi.

Tananing kasalliklarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradigan mahsulotlardan biri — piyoz. U organizmga tushgan mikroblar bilan kurashish, saraton hujayralari o‘sishini to‘xtatishga yordam beradi, immunitetni oshiradi.

Sarimsoq piyoz — stressdan keyin tanani tiklashga ko‘maklashadi, jigarni tozalaydi. U yallig‘lanish va o‘smalar bilan kurashish uchun ajoyib vositadir.

S vitamini ham immun tizimini mustahkamlaydi. U limon, na’matak, apelsin, shirin qalampir, qora smorodina tarkibida ko‘p miqdorda mavjud bo‘ladi.

Zanjabil (imbir) — organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini tez kuchaytiruvchi mineral va vitaminlarga boy mahsulot.

Kuniga bir choy qoshiq asal iste’mol qilish ham sog‘lik uchun foydali.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring