Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaynota kelinini o‘ldirib, boshini uzib oldi — Farg‘ona

Qaynota kelinini o‘ldirib, boshini uzib oldi — Farg‘ona

Farg‘ona viloyatidagi tumanlarning birida 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, uning boshini uzib olgani haqida «Daryo» o‘z manbasiga asoslanib xabar bergandi.

Voqea 2022-yilning 1-oktyabr kuni sodir bo‘lgani aytiladi.

64 yoshli erkak avvaliga kelini bilan janjallashib qolgan. Shundan so‘ng kelinini urib, uni hushdan ketkazgan. So‘ng hushidan ketgan kelinini avtomashinasiga ortib, qo‘shni tumandagi adirlikka olib borgan. Va hushsiz kelinining boshini pichoq bilan tanasidan ajratib, jonsiz tanani o‘sha yerdagi axlatxonaga tashlagan. Ajratilgan boshni esa o‘zi yashaydigan tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birining hududiga yashirgan», — degan sayt manbasi.

Voqea yuzasidan Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy ma’lumot berdi: «Daryo» yoritgan holat haqiqatda sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring